Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harris Baydenning siyosatini davom ettirishni istamaydi

Harris Baydenning siyosatini davom ettirishni istamaydi

Har bir prezident o‘z siyosatini shakllantiradi, dedi Xarris va u «yangi avlod rahbarlari» vakili ekanligini aytdi.

Vitse-prezident Kamala Harris, agar noyabrdagi saylovlarda g‘alaba qozonsa, prezident Jo Baydenning siyosatini davom ettirish niyatida emasligini ma’lum qildi.

«Mening prezidentligim Jo Bayden siyosatining davomi bo‘lmaydi va lavozimga kelgan har bir yangi prezident kabi men ham o‘z hayotim va professional tajribamni, shuningdek, yangi g‘oyalarni ishga solaman. Men yetakchilarning yangi avlodi vakiliman», dedi 59 yoshli Harris.

Amerikalik saylovchilarning uchdan ikki qismi Qo‘shma Shtatlar noto‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda, deb hisoblaydi. Ayni paytda so‘rov o‘tkazilgan saylovchilarning 46 foizi Harrisni mamlakatni o‘zgartira oladi deb hisoblashadi, respondentlarning 44 foizi Trampga shunday baho berishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring