Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchi avtomobil boshqaruvi payti uxlab qolgan – Sirdaryo viloyati IIB

Haydovchi avtomobil boshqaruvi payti uxlab qolgan – Sirdaryo viloyati IIB

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Sirdaryo viloyatida yengil va yuk avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 19-iyun kuni soat 05:30 larda, Sardoba tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtoyo‘lining 931 kilometrida «Toshkent-Termiz» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan «Neksiya 1» rusumli transport vositasi haydovchisi rul boshqaruvi payti uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan «MAN» rusumli yuk transport vositasiga urilib, YTH sodir etgan. 

Natijada «Neksiya 1» avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat olib tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hozirda Sardoba tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring