Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchiga yalingani videosi tarqalgan YHXB xodimi ishdan bo‘shatildi

Haydovchiga yalingani videosi tarqalgan YHXB xodimi ishdan bo‘shatildi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Surxondaryoda belgilangan qaror va buyruq talablarini buzgan xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi, deb xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.

2020 yilning 18 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda «Termiz shahrida GAI xodimi nima uchun haydovchiga yalinmoqda?» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi ma’lum qilingandi.

O‘tkazilgan xizmat tekshiruvida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi Nizomi hamda IIVning me’yoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimi B.Izbasarov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha xulosa qabul qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring