Haydovchilar diqqatiga! 26-27-may kunlari Toshkentga kelish tavsiya etilmaydi
Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilarga 26-27-may kunlari Toshkent shahriga qarab harakatlanmaslikni tavsiya qildi.
Haydovchilarga murojaatga ko‘ra:
- Joriy yilning 26-27-may kunlari Toshkent shahrida keng miqyosdagi xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi hamda ayrim ko‘chalarda obodonlashtirish va qurilish-montaj ishlari davom etayotganligi munosabati bilan transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Zarurat bo‘lmaganda, haydovchilarga Toshkent shahriga harakatlanmaslik tavsiya qilinadi!
Shuningdek, YHXX ma’lum ko‘chalarda transport vositalarining harakatini cheklash bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilgan vaqtda haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga, yo‘l belgilari hamda chiziqlarning talablariga qat’iy rioya etishlarini so‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter