Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin
AOKAda Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulug‘bek Muhammadiyev va boshqa mutasaddilar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirilishi mumkinligi ma’lum qilingan. Qayd etilishicha, hozirda hujjat loyihasi tayyorlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra 2022 yil 1 yanvardan boshlab, eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Muddat oz qolganligi sababli DXMlarda uzun navbatlar hosil bo‘lmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter