Haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga pul talab qilgan inspektor ushlandi

Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati inspektori xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan holda o‘zganing ishonchiga kirib, uning Navoiy viloyatida yashovchi, 1995 y.t. tanishini davlat imtihonidan muvaffaqqiyatli o‘tkazib, unga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytadi.
DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor 1500 AQSh dollari va kirish imtihoni uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 mln 900 ming so‘m pul mablag‘larini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter