Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchining ehtiyotsizligi yo‘lovchining hayotiga nuqta qo‘ydi

Haydovchining ehtiyotsizligi yo‘lovchining hayotiga nuqta qo‘ydi

Xorazm viloyatida sodir bo‘lgan YTHda bir nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa joriy yilning 30-aprel kuni Urganch shahar «Obi hayot» mahallasi hududidan o‘tgan Al-Beruniy ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Urganch shahrining O‘zbekiston ovozi ko‘chasida yashovchi 27 yoshli fuqaro «Spark» rusumli avtomashinasini katta tezlikda boshqarib borayotib, ehtiyotsizlik sabab xavfli burilishda boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda yo‘ldan chiqib ketib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.

Mazkur YTH natijasida avtomobil ichida bo‘lgan 39 yoshli yo‘lovchi halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring