Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hayit qaysi kunga to‘g‘ri kelishi ko‘rib chiqilyapti

Hayit qaysi kunga to‘g‘ri kelishi ko‘rib chiqilyapti

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini munosib kutib olish,  Islom dini tartib-qoidalari asosida hilolni kuzatish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan edi.

Taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat mazkur ishchi guruh Ramazon hayitining birinchi kuni – Shavvol hilolini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlik asosida kuzatib bormoqda.

Ushbu ishchi guruh kuzatish natijalarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashiga taqdim etadi.

Ramazon hayitining birinchi kuni haqidagi ma’lumotlar Ulamolar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosalar qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring