«Hayrat» filmi Rossiya kinofestivalida taqdirlandi (video)
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan «Hayrat» filmi Rossiyaning Yaroslavl shahrida o‘tkazilgan «Prosto xorosheye kino» kinofestivalida taqdirlandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Mukofotni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Sa’dullayev qabul qilib oldi.
Film rejissyori Zulfiqor Musoqov suratga olish guruhining barcha a’zolarini mukofot bilan tabrikladi.
«Bunda postanovkachi-operator Azizbek Arziqulov va ikkinchi operator Seyran Kovalov, postanovkachi-rassom Sergey Chufarnov Sergey Chufarnov, liboslar bo‘yicha rassom Mariya Soshina, ovoz operatori Vyacheslav Shin, bastakor Mariya Musakova, bosh rol ijrochisi Anvar Usmonov, aktyor Rustam Sa’dullayevlarning xizmatlari katta. Shuningdek, marhum Sergo Sutyagin, Feruza Saidova, Shahnoza Valiyeva, Bobur Yo‘ldoshev, Fotih Jalolov, Nigora Karimboyeva, Otabek Musayev, film direktori Shuhrat Hamidullayev, yordamchilarim Muzaffar Shodiyev, Muattar Mirrajabova va qadrli «O‘ZBEKFILM» kinostudiyasining boshqa ko‘plab xodimlariga halol mehnati uchun minnatdorlik bildiraman», — dedi Zulfiqor Musoqov.
Ushbu fantastik kinokartinada bir ssenaristning hayotida yuz bergan kutilmagan hodisalarning ijtimoiy va psixologik tahlili aks ettirilgan.
Kinofestival 30 martga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter