Xayriya uchun yig‘ilgan pullarni o‘margan kiberjinoyatchi ushlandi (video)
Toshkentda xayriya maqsadida yig‘ilgan bank plastik kartasidan pullar yo‘qolib qoldi. Bu haqda «Zamon» dasturida xabar berilmoqda.
Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida yashovchi 18 yashar fuqaro ushbu jinoyatni amalga oshirgan. U xayriya qabul qiluvchidan plastik karta pin kodini so‘rab olgan va pullarni boshqarish huquqini qo‘lga kiritgan.
IIBB xabariga ko‘ra, 18 yoshli xakerga nisbatan JKning 168-moddasi bo‘yicha ish ochilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter