Hechdan ko‘ra kech: amerikalik 84 yil ilgari olingan kitobni kutubxonaga qaytardi
![Hechdan ko‘ra kech: amerikalik 84 yil ilgari olingan kitobni kutubxonaga qaytardi](http://static.xabar.uz/crop/2/1/720_460_95_2193088816.jpg)
AQShning Luiziana shtatida yashovchi erkak (kimligi oshkor qilinmagan) onasi 84 yil ilgari kutubxonadan olgan kitobni qaytardi. Yozuvchi Edgar Li Masters qalamiga mansub, 1915-yilda chop etilgan «Spun-River antologiyasi»ni bu odam uyni yig‘ishtirayotib topib olgan.
![](https://static.xabar.uz/uploads/1/720__WihsA0wv_1vlN2B3zthgbidRrED48mfl.jpg)
Ma’lum bo‘lishicha, kitob 1934-yilda kutubxonadan olingan ekan. Kitobni olgan ayol u paytda 11 yoshli qizaloq bo‘lgan. O‘sha paytdagi qoidalarga ko‘ra, har kechiktirilgan kun uchun kitobni olgan odam 5 sentdan to‘lashi kerak ekan. Jarima puli hozir bir yarim ming dollardan oshib ketgan bo‘lardi. Biroq hozir bu kutubxonadagi eng katta jarima — 3 dollar.
Kitobni qaytarib bergan odamdan shu jarimani ham talab qilishmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter