Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin dastlab Qrimga so‘ng Mariupolga bordi

Putin dastlab Qrimga so‘ng Mariupolga bordi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mariupolda xizmat safarida bo‘ldi. Bu haqda bugun, 19 mart kuni Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beramoqda TASS.

Putin Mariupolga vertolyotda uchib kelgan va mashinada shaharning bir nechta tumanlarini aylanib chiqqan.

Tashrif davomida Putin shaharning qator ob’yektlarini, jumladan, qirg‘oq bo‘yi, yaxta-klub hududi, teatr binosi, shaharning tarixiy joylarini borib ko‘rgan, mahalliy aholi bilan suhbatlashgan va bir oilada mehmon ham bo‘lgan.

«Safar davomida Bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullin Prezidentga shahar va uning atrofida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, yangi mikrorayonlar, ijtimoiy-ma’rifiy ob’yektlar, uy-joy kommunal infratuzilmasi, tibbiyot muassasalarini barpo etish haqida so‘z bordi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha 18 mart kuni Vladimir Putin Qrimga tashrif buyurgan. U Sevastopoldagi san’at maktabi va «Korsun» markazining ochilishiga borgan. Lekin rasmiy Moskva tomonidan Putinning Qrimga safari e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Gaagada joylashgan Xalqaro jinoiy sudi (XJK) Rossiya prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsman Mariya Lvova Belovoni hibsga olishga order bergan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring