Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston avtomobilsozlik bo‘yicha jahonda yetakchiga aylanmoqchi

Hindiston avtomobilsozlik bo‘yicha jahonda yetakchiga aylanmoqchi

Hindistonning Mahindra XUV 700 avtomobili (Mahindra & Mahindra kompaniyasi mahsuloti). IA Krasnaya Vesna Chitayte material selikom po ssilke: https://rossaprimavera.ru/news/66b30ead

Foto: Kannada DriveSpark

Hindiston yaqin besh yilda avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlar orasida birinchi o‘ringa ko‘tarilmoqchi, deb xabar berdi Economic Times.

«Maqsadimiz — besh yil ichida Hindiston avtomobil sanoatini dunyoda birinchi o‘ringa olib chiqish... buni uddalash qiyin, ammo mumkin», — dedi mamlakat avtomobil transporti va yo‘llari vaziri Nitin Gadkari.

Vazir ta’kidlashicha, mamlakatda buning uchun malakali kadrlar soni yetarlicha. Hindiston arzon narxlarda sifati yaxshi avtomobillar ishlab chiqarmoqda, bu mamlakatning investitsiyalar uchun jozibadorligini oshiradi. Hindiston avtomobil sanoati hajmi 2014-yildan buyon 14 trln rupiydan hozirgi 22 trln rupiyga qadar oshdi.

Gadkari aytishicha, Hindiston har yili qazilma yoqilg‘i importiga 22 trillion rupiy sarflamoqda, bu esa atrof-muhitni ifloslantirmoqda. «Shuning uchun elektrda yuruvchi yengil mashinalar, avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqarishni ko‘paytiryapmiz. Litiy-ionli akkumulyatorlar narxi ham arzonlashmoqda. Vaqti kelib benzin, dizel va elektrda yuruvchi avtomobillar narxlarida farq qolmaydi», — dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring