Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston ikki yillik tanaffusdan so‘ng muntazam xalqaro parvozlarni tikladi

Hindiston ikki yillik tanaffusdan so‘ng muntazam xalqaro parvozlarni tikladi

Foto: «Financial Times»

Koronavirus pandemiyasi tufayli ikki yil avval Hindistonda muntazam xalqaro aviatashuvlar to‘xtab qolgandi.

Hindiston fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, bugun, 27-martdan Nyu-Deli ushbu parvozlarni tikladi. Endi haftasiga 3,2 mingta aviareys Hindistonga va yana shuncha reys mamlakatdan xorijga amalga oshiriladi.

Hindistonning 6 ta aviakompaniyasiga haftasiga jami 1 466 ta xalqaro reysni amalga oshirishga ruxsat berildi. Ularning samolyotlari 43 yo‘nalishda 27 mamlakatga parvoz qiladi.

Bundan tashqari, 40 mamlakatning 60 ga yaqin aviakompaniyasiga yozgi parvozlar davrida haftasiga Hindistonga 1 783 ta hamda xorijga yana shuncha reysni amalga oshirishga ruxsat berildi. Yozgi parvozlar jadvali 27-martdan 29-oktyabrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring