Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston poytaxtida havo +47,8 darajagacha qizib ketdi

Hindiston poytaxtida havo +47,8 darajagacha qizib ketdi

Foto: Hindustan Times

Hindiston poytaxti Dehli va unga tutash tumanlarda so‘nggi kunlarda +47,8 darajagacha jazirama kuzatildi. Bu haqda kecha, 20-may sanasida India Today nashri xabar berdi.

«Yakshanba kuni (19-may — tahr.) simob ustuni butun Hindiston bo‘ylab kamida 8 ta joyda +47 darajaga yetdi yoki oshib ketdi. Dehlidagi Najafgarhada esa +47,8 daraja qayd etilib, bu tumanni so‘nggi uch kunda ikki marta mamlakatdagi eng issiq joyga aylantirdi», — deb yozdi nashr.

India Today ma’lumotlariga ko‘ra, +47 daraja va unday yuqori harorat Xaryana, Datia, Uttar-Pradesh va Jxansida ham kuzatilgan.

Hindiston meteorologiya departamenti jaziramadan odamlarni ogohlantirib, quyosh nurlaridan himoyalanish, ko‘chaga paxtali oqish tusdagi kiyimlarda chiqish, soyabonlardan foydalanishga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring