Hindistonda asrning eng dahshatli temir yo‘l halokati ro‘y berdi
Hindiston sharqidagi Odisha shtatida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida kamida 233 kishi halok bo‘lgani va 900 kishi jarohatlangani ma’lum qilinmoqda.
Bu Hindistonda asrning eng dahshatli temir yo‘l halokatidir. Rasmiylarning aytishicha, qurbonlar soni yana ortishi kutilmoqda.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi voqeadan qayg‘uda ekanligini aytdi.
«Hozirda voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda, jabrlanganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatilmoqda», — deb yozdi u Twitter’da.
Shtatda motam kuni e’lon qilingan.
Hindistondagi eng dahshatli temir yo‘l halokati 1981 yilda sodir bo‘lgan, o‘shanda Bihar shtatidagi siklon paytida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketib, daryoga qulagan va kamida 800 kishi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter