Hindistonda avtobus halokatga uchradi: jabrlanganlar ko‘p

Hindiston g‘arbida avtobus halokatga uchrashi oqibatida 3 kishi nobud bo‘ldi, 55 kishi jabrlandi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
«Hundistan Times» gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, voqea chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi Ximachal-Pradesh shtatining Chamba shahri yaqinida sodir bo‘lgan.
«Haydovchi keskin burilish yo‘lida ulovni boshqarolmay qolgan», –deya xabar bergan politsiya xodimi Monika Bxutungru.
Uning aytishicha, avtobus Ravi daryoga qulaganida qurbonlar soni bundan ham ko‘p bo‘lardi.
O‘sha joyda yashovchi aholi politsiya xodimlari yetib kelgunicha avtobusdagilarni qutqarishga harakat qilgan.
Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan yetti nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter