Hindistonda Chandipura virusi tarqaldi
Hindiston g‘arbidagi Gujarat shtatida tarqalgan Chandipura virusi kamida 16 insonning o‘limiga sabab bo‘ldi. NDTV ma’lumotiga ko‘ra, virusni yuqtirganlar soni 50 ga yaqin.
Virus chivin, pashsha va kana chaqishi orqali yuqadi.
1965-yilda Chandipura shahrida ensefalit tarqalganida ushbu virus birinchi marta qayd etilgan. Chandipura virusi juda oz o‘rganilgan, unga qarshi vaksina yoki davolash usullari yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter