Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda kirish imtihonlaridan yuqori ball olgan o‘quvchi qizlarga skuter sovg‘a qilinadi

Hindistonda kirish imtihonlaridan yuqori ball olgan o‘quvchi qizlarga skuter sovg‘a qilinadi

Foto: «Twitter.com»

Hindistonning Assam shtatida qizlarning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tajriba loyihasi ishga tushirildi.

Dasturga muvofiq, 22 000 nafar eng yaxshi o‘quvchi qiz bepul skuter bilan taqdirlanishadi. Bu ularning imtihonlarga borishga va kollejlarga qatnashiga asqatadi. Shuningdek, bu tashabbus qizlarni jamoat transportidagi xavf-xatarlardan himoya qilishga qaratilgan. Aytishlaricha, ana shu omil ko‘pincha qizlarning ta’limni davom ettirishiga to‘sqinlik qiladi.

«Bu ko‘pgina talaba qizlarga muammosiz transportga egalik qilishiga hamda kollejlariga qatnashiga yordam beradi. Biz, shuningdek, bu urinishni qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishga hamda ularni yana-da mustaqil qilishga urinish sifatida qaramoqdamiz»,dedi shtat vaziri Ximanta Bisva Sarma.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bepul skuter kirish imtihonlarida 60% dan yuqori ball olgan barcha qizlarga beriladi. Mukofotlar oktyabrning o‘rtalarida tarqatilishi va’da qilinmoqda.

Uzoq masofa va xavfsiz transportning mavjud emasligi qizlarning mashg‘ulotlarga bormasligiga hamda o‘qishni tark etishiga sabab bo‘lmoqda, deyiladi «Child Rights and You» (CRY) xayriya tashkiloti hisobotida.

«Pratham» notijorat ta’lim tashkiloti o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Hindistonda 11 yoshdan 14 yoshgacha maktabga bormaydigan qizlar soni 2018-yilda 5%ga kamaydi. O‘n yil oldin qariyb 10%ni tashkil etgan.

Qizlarning maktabga borishdan qo‘rqishini yengish uchun federal hukumat va shtatlardagi hokimiyatlar bir qator dasturlarni ishlab chiqishgan. Bepul skuterlar bilan ta’minlash shular jumlasidan, xolos.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring