Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda mudhish rekord yangilandi

Hindistonda mudhish rekord yangilandi

Foto: «Danish Siddiqui/Reuters»

So‘nggi 24 soat ichida Hindistonda COVID-19 pnevmoniyasi chaqirgan asoratlar tufayli o‘lim soni bo‘yicha rekord qayd etildi. Bu haqda rasmiy statistik ma’lumotlarga tayanib «The Times of India» xabar bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 918 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Nashrning ta’kidlashicha, kunlik o‘lim soni birinchi marta 900 tadan oshmoqda. O‘tgan oylar davomida kasallik asoratlari tufayli qariyb 20 ming kishi vafot etdi. Pandemiya davrida jami 40,6 ming kishi olamdan o‘tgan.

Koronavirusni yuqtirganlar soni o‘tgan bir kecha-kunduzda mamlakatda 56,2 ming kishidan oshdi. Hindistonda jami 1,9 million kishi kasallikka chalingan.

6-avgust holatiga ko‘ra, dunyoda COVID-19ga chalinganlar soni 18,7 milliondan oshdi. Pandemiya 188 mamlakatni qamrab olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring