Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda suv toshqinlari 60dan ortiq kishining boshiga yetdi

Hindistonda suv toshqinlari 60dan ortiq kishining boshiga yetdi

Hindiston shimoli-sharqida joylashgan Assam va Magxalaya shtatlarida kuchli suv toshqini oqibatida 60dan ortiq kishi qurbon bo‘ldi.

Bu haqda Press trust of India xabar bermoqda.

Toshqinlarga mavsumiy, lekin juda kuchli musson yomg‘irlari sabab bo‘lgan – ularning zarari 3,1 million kishini qamrab olmoqda.

Aniqlangan 63 qurbondan tashqari bedarak yo‘qolganlar orasida o‘n nafar bola ham bor.

To‘rt mingga yaqin qishloq toshqin zonasida qolib ketgan. Sel va ko‘chkilar natijasida 16 ta ko‘prik buzilib, mahalliy yo‘llarning 234 ta qismi shikastlangan.

Shuningdek, qo‘shni Bangladeshda ham so‘nggi yuz yilda ham kuzatilmagan suv toshqinlari yuz bergani xabar berilgan. Natijada 95 ming odam uy-joyidan ajralgan, minglab odamlar o‘ta og‘ir ahvolda qolgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring