Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida 16 kishi olamdan o‘tdi

Hindistonda yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida 16 kishi olamdan o‘tdi

Foto:«AP»

Hindistonning Maxarashtra shtatida yuk mashinasining ag‘darilishi natijasida o‘n olti kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, besh kishi og‘ir jarohat oldi, deya xabar beradi shtat politsiyasi.

Mashina yakshanba kuni kechqurun shtatning Kingaon qishlog‘i yaqinida ag‘darilib ketgan.

O‘lganlar, shu jumladan uch yoshli bola, papayya ortilgan yuk mashinasining kuzovida bo‘lishgan. Halok bo‘lganlarning aksariyati mahalliy ishchilar ekani aytilmoqda. Hozirda politsiya hodisa sabablarini tekshirmoqda.

Bosh vazir Narendra Modi qurbonlarning oilalariga o‘z hamdardligini bildirgan.

«Maharashtra shtatidagi avariya yuraklarni larzaga keltirdi. Qurbonlarning oilalariga o‘z hamdardligimni bildiraman. Yaradorlar tezroq sog‘ayib ketishlarini tilab qolaman»,- deyiladi Bosh vazir devoni bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring