Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonga Nepal orqali noqonuniy kirishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga tushdi

Hindistonga Nepal orqali noqonuniy kirishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga tushdi

Hindiston davlatiga Nepaldan noqonuniy tarzda kirishga urinayotgan O‘zbekiston fuqarosi Bihar shtatidagi Sitamarhi tumanida qo‘lga tushgan. Bu haqda mahalliy nashrlar ma’lum qilgan.

«Dunyo» AA bergan ma’muotga ko‘ra, o‘zini O‘zbekiston fuqarosi deb tanishtirgan X.M. ismli kishining yonida amaldagi pasporti yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlari bo‘lmagan.

O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida tezkor chora-tadbirlar ko‘rdi. Hindistonning tegishli mahkama va idoralari bilan aloqa o‘rnatilib, mazkur vaziyat nazoratga olingan.

Diplomatik missiya vatandoshlarni Hindistonga safar qilishdan oldin turli shubhali guruh yoki shaxslarning yolg‘on va’dalariga aldanib qolmaslik, ushbu mamlakatga kirish va unda bo‘lib turish chog‘ida mahalliy qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda. Shuningdek, bunday hollarda zarur konsullik-huquqiy yordam olish uchun +91 11 2467 0774/75 telefon raqamlariga yoki @consuluzbindia_bot manziliga murojaat qilish so‘ralmoqda.

Hindiston OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, yil boshidan beri 10 dan ortiq davlatning kamida 35 nafar fuqarosi Nepal-Hindiston chegarasiini noqonuniy kesib o‘tishga urinayotgan paytda qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi o‘zbekistonlik ayollarning Hindiston-Nepal chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun 2021-yil oktyabrdan buyon hisbda noqonuniy saqlab kelinayotgani va holat ayni paytda nazoratga olingani haqida ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring