Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda yana bir Toj Mahal qurildi (foto)

Hindistonda yana bir Toj Mahal qurildi (foto)

Hindistonlik erkak o‘z xotini uchun Toj Mahalning uch baravar kichikroq aniq nusxasini qurdirdi, ammo asl nusxadan farqli o‘laroq, bu ularning qarorgohi, maqbara emas.

Burhonpurda oq marmardan qurilgan taqlid yodgorlikning katta gumbazi, murakkab minoralari va hattoki ba’zi san’at asarlarini o‘z ichiga oladi.

XVII asrdagi mashhur Toj Mahal ko‘pincha muhabbat yodgorligi deb ataladi. Ushbu inshoot Boburiylar sulolasidan bo‘lmish Shoh Jahon tomonidan Hindistonning shimolidagi Agra shahrida sevimli rafiqasi Mumtoz Mahal Begim xotirasiga qurilgan. Mumtoz Mahal Begimning jasadi vaqtincha Burhonpurga dafn etilgan, keyinroq qabrdan chiqarib, Agraga olib ketilgan.

«Men xotinimga, agar vafot etsang, Toj Mahal quraman», — deya hazillashgandim deydi Burhonpur shahridagi shifoxona egasi, 52 yoshli Ananda Prakasha Chuksi.

«U taklifimni rad etdi va o‘lishni xohlamasligini aytdi. Keyin men: «Hech qanday muammo yo‘q, sen yashashing mumkin bo‘lgan Toj Mahal quraman dedim», — deya qo‘shimcha qilgan erkak.

Nusxani yaratish uchun uch yil kerak bo‘ldi, Agra hunarmandlari marmarda san’at asarlarini qayta tiklash uchun ishladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring