Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonlik olimlar ko‘rshapalaklarda koronavirusning yana bir turini aniqlashdi

Hindistonlik olimlar ko‘rshapalaklarda koronavirusning yana bir turini aniqlashdi

Foto: «RIA Novosti»

Hindistonda Tibbiy tadqiqot kengashi (ICMR) olimlari mamlakatda yashovchi ko‘rshapalaklarda koronavirusning yangi tipini aniqlashdi, uning xavfi hali o‘rganilmagan, deb yozadi «India Today» jurnali.

Nashrning xabar berishicha, gap shimoliy Ximachal-Pradesh shtati, sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Kerala va Tamilnad shtatlari hamda Pondicherri hududidagi qo‘lqanotlilarda aniqlangan «ko‘rshapalak koronavirusi» (BtCoV) haqida bormoqda. Olimlar ikki turdagi ko‘rshapalaklarning 25 tasida tadqiqot olib borishgan.

Hindiston virusologiya milliy instituti xodimi doktor Pryagya Yadavning fikricha, ushbu yangi koronavirus odam uchun qanchalik xatarli ekanligini o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Hozircha uning odamlarda kasallikni keltirib chiqarishi bilan bog‘liq ma’lumotlar yo‘q.

«Ishonch bilan aytamanki, ko‘rshapalaklarning koronavirusi hozirgi pandemiyani keltirib chiqargan SARS-CoV2 virusi bilan bog‘liq emas», — deydi tadqiqotchi.

Uning fikricha, 2018 va 2019-yillarda ko‘rshapalaklarning bu turida Nipax virusi aniqlangan bo‘lib, uni yuqtirgan odamlarning 70 foizi halok bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring