Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hisobot: AQShda muhojirlar soni rekord darajada kamaydi

Hisobot: AQShda muhojirlar soni rekord darajada kamaydi

Pew Research Center hisobotiga ko‘ra, bir necha o‘n yilliklar ichida birinchi marta Qo‘shma Shtatlarni kelganlardan ko‘ra ko‘proq muhojir tark etgan.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, AQShGA kelgan muhojirlar soni oxirgi marta 1960-yillarda qisqargan. 

2024-yil oxiri holatiga ko‘ra, AQShda 53,3 million muhojir yashagan, bu mamlakat tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir. Biroq, Donald Tramp prezident bo‘lib, immigratsiya siyosatini qattiqlashtirgandan so‘ng, vaziyat keskin o‘zgardi.

Olti oy ichida muhojirlar soni qariyb 1,5 million kishiga kamaydi: ba’zilari o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etishdi, boshqalari deportatsiya qilindi. 

The New York Times’ning ta’kidlashicha, bundan oldin muhojirlarning bunday sezilarli aniq oqimi faqat 1930-yillardagi Buyuk Depressiya davrida kuzatilan. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 400 mingdan 1 milliongacha meksikalik va kelib chiqishi meksikalik bo‘lgan amerikaliklar Qo‘shma Shtatlarni tark etgan, ularning aksariyati repatriatsiya dasturi doirasida qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring