Hojilarimizning yurtimizga qaytish sanasi ma’lum qilindi

Joriy yilning 12 iyun kunidan e’tiboran Saudiya Arabistonidagi hojilarimiz bir necha kun davomida navbati bilan ona Vatanimizga qaytib keladilar. Bu haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar qildi.
Hamyurtlarimiz Jidda shahridan mamlakatimizning 10 ta hududi – Toshkent, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz qiladilar.
Tashish ishlariga “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining zamonaviy samolyotlari, malakali uchuvchi va bort kuzatuvchilari jalb etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter