Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hojivoy aytgan ixtironi namanganliklar ham yaratishdi

Hojivoy aytgan ixtironi namanganliklar ham yaratishdi

Marhum so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyev Amerikada bug‘doyni o‘rib, somonini ajratib, keyin uni maydalab, un qilib, xamir qilib, zuvala qilib tashlaydigan apparat ishlab chiqarilganini kulgi ostiga olgandi.

Gap shundaki, namanganlik ixtirochi-innovator Muhammadjon Akramov novvoylar ishini yengillatib, xamir qorib, kesib, chekib, tayyor zuvala tayyorlab beradigan apparat yaratdi.

Uning bu qurilmasi bilan xitoylik kompaniyalar qiziqishmoqda va Muhammadjonga hamkorlik taklif etishdi.

— Bu qurilmani yetti oy davomida yasadik, mukammallashtirdik. Buning ustida yana ishlamoqdamiz. Ixtironing mualliflik huquqini patentlash jarayoni boshlandi. Bizning g‘oyalarimiz ko‘p. O‘zim yoshligimdan detallarni yig‘ib, terishga qiziqaman. Bu qiziqishimiz bugungi kunga kelib, menga manfaat keltirmoqda, — deydi ixtirochi.

Aytilishicha, ushbu ixtiro bitta novvoyxonada yetti kishining ishini bajarmoqda. Hozirda ushbu qurilma Namangan shahrining Zarbdor va Go‘zal dahalaridagi novvoyxonalarda ishlatilmoqda. U soatiga yetti yuzta zuvala tayyorlash quvvatiga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring