Hokim chekka qishloqda tunab qoldi (foto)

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev Xovos tumanining chekka qishlog‘ida tunab qoldi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda hokim viloyatning chekka hududlarida yashovchi aholining holidan xabar olish, ularning muammolarini o‘rganish maqsadida Xovos tumani «Binokor» mahallasi, Binokor ko‘chasida istiqomat qilayotgan Abduvaliyev Ermuhammad ota xonadonida bo‘lib turibdi. Ushbu hudud Jizzax viloyati bilan chegaradosh.

Ermuhammad ota 6 nafar (5 o‘g‘il, 1 qiz) farzandini tarbiyalagan.
Viloyat hokimi ushbu xonadonda mahalla faollari, oqsoqollar, keksa nuroniylar bilan suhbati chog‘ida mahalladagi majud muammolar xususida so‘ragan.

Faollar birinchi navbatda ichki yo‘llar, suyultirilgan gaz va elektr ta’minoti, tungi yoritish chiroqlarni o‘rnatish, mahalladagi qabristonni obod qilish bo‘yicha murojaat qilishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter