Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim urushga borish uchun iste’foga chiqdi

Hokim urushga borish uchun iste’foga chiqdi

Rossiyaning Chita shahri ma’muriyati rahbari Aleksandr Sapojnikov Ukrainadagi janglarda qatnashishga qaror qilganini aytdi. Bu haqda u o‘zining telegram-kanalida yozgan.

«Hurmatli chitaliklar! Men bugun maxsus harbiy operatsiya hududiga borishga qaror qildim», — dedi u.

Sapojnikov «jangovar tajribaga ega desantchi sifatida ushbu jangidan chetda qola olmasligini» ta’kidlagan.

Aleksandr Sapojnikov 2019-yilning noyabr oyida Chita shahar okrugi ma’muriyati rahbari bo‘lgan.

Oktyabr oyi oxirida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiyadagi safarbarlik doirasida 300 ming kishi, jumladan, 1300 nafar davlat amaldori, shuningdek, 27 ming tadbirkor harbiy xizmatga chaqirilganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu urush tufayli Yevroparlament Rossiyani terrorizmning homiysi va terrorchilik vositalaridan foydalanadigan davlat sifatida e’lon qilmoqchi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarni ziddiyatli hududlarga bormaslik va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslik haqida doimiy ogohlantirib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring