Hokim yordamchilari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi
«Biznesni rivojlantirish banki» ATB va biznes sohasiga mas’ul boshqa tashkilotlar hamkorligida xududlarda hokim yordamchilari uchun o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. Shunday o‘quvlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi «Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-306-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Hokim yordamchilari qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish tartibi hamda «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturida tadbirkorlarni moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan dastaklardan batafsil xabardor bo‘ldilar.
Ta’kidlash joizki, o‘tkazilayotgan o‘quv kurslari joylarda kichik biznesni rivojlantirishga mas’ul mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bunday tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar-tumanlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter