Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim yordamchilarining ish formasi majburiymi?

Hokim yordamchilarining ish formasi majburiymi?

Ijtimoiy tarmoqlarda hokim yordamchilarining yangi ish formasi surati e’lon qilindi.

Kiyimning o‘ng ko‘krak va chap yelka qismida «Hokim yordamchisi» yozuvi hamda maxsus belgisi joylashtirilgan.

Hokim yordamchilari aynan shu formada ishlashadimi, degan savol ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p yangramoqda. Ammo u haqda hali rasmiy ma’lumot berilmadi.

«Bankir kundaligi» kanalining ma’lum qilishicha, prezident o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida «Hokim yordamchilari»lari rasmdagidek forma kiyishi haqida ko‘rsatma bo‘lmagan. Bu Andijon viloyati hokimligining tashabbusi xolos. Mazkur formani barcha viloyatlarda joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berilmagan.

Butun respublikada bunday forma kiyish haqida Prezident farmonida ham Prezident qarorida ham belgilanmagan. Demak, ushbu forma majburiy emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring