Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim yordamchilarining oylik maoshi miqdori ma’lum bo‘ldi

Hokim yordamchilarining oylik maoshi miqdori ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Ayni vaqtda barcha viloyatlarda hokim yordamchilari saralab olingan bo‘lib, ular 2022 yilning 1 yanvaridan mahallalarda ish boshlashadi.

Ma’lum qilinishicha, hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi:

  • xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – 4 mln 932 ming so‘m;
  • xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – 5 mln 343 ming so‘m;
  • xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – 5 mln 754 ming so‘m.

Hokim yordamchilariga to‘lanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda yetishmagan qismi Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring