Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jazo kuchaytiriladi
O‘zbekistonda hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmat xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Mazkur loyiha bilan Jinoyat kodeksining 219-moddasi birinchi qismi (Qarshilik ko‘rsatish, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish) sanksiyasidagi jazo choralarini kuchaytirish taklif qilinmoqda.
Endi jarima miqdori BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha oshirilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash jazo chorasi kiritilmoqda va ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir yildan uch yilgacha kuchaytirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter