Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimliklarda yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi

Hokimliklarda yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi

Hokimliklarda yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi. 

Prezidentning “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun hokimliklar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” 33 ta tuman (shahar) hamda Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida 9 ta vazirlik va idoraning bo‘linmalari hokimliklar tarkibiga o‘tkaziladi. Hokimlar bu bo‘linmalar ustidan bevosita rahbarlik qiladi, xodimlarni tayinlaydi va rag‘batlantiradi. 

Viloyat hokimining o‘rinbosarlari soni — 6 nafar, tuman va shaharlarda — 4 nafar etib belgilandi. Har bir rahbarga kamida 3 nafar ijrochi xodim to‘g‘ri keladi. 

KPI ko‘rsatkichlariga to‘liq erishgan hokimlarga ajratiladigan mablag‘ 15% ga oshiriladi. 

2026-yildan “Hududlararo iqtisodiy hamkorlik forumi” har yili o‘tkaziladi. 

Shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri va 2030 yilgacha nomarkazlashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring