Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimning o‘zini mukofotlash haqidagi qarori bekor qilindi

Hokimning o‘zini mukofotlash haqidagi qarori bekor qilindi

Qarshi shahar hokimi o‘zini rag‘batlantirish uchun 75 million so‘m mablag‘ ajratgani aytilgan xabar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi, deya xabar berdi Antikorrupsiya agentligi.

Unga ko‘ra, Qarshi shahar hokimining 2023 yil 25 avgustdagi 251-4-69-Q/23-sonli qarori amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga zid tarzda qabul qilinganligi aniqlangan.

Agentlik tomonidan viloyat hokimligiga korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritgan.

Taqdimnomaga asosan, viloyat hokimining 2023 yil 19 sentyabr kuni 414-4-0-Q/23-son qarori bilan Qarshi shahar hokimining mazkur qarori bekor qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring