Homiladorlikda yoki homilador bo‘lishdan oldin vaksina olish mumkinmi?
Farzand ko‘rish yoshida bo‘lgan ayollar koronavirusga qarshi emlangan bo‘lishi kerak, bu asoratlarning oldini olishga yordam beradi, — deydi Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining akusherlik va ginekologiya bo‘yicha bosh mutaxassisi, professor Leyla Adamyan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Covid-19 kasalligi bilan homiladorlik og‘ir kechadi, shuning uchun o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning (garchi bu kamdan-kam hollarda kuzatilsada) oldini olish uchun emlash maqsadga muvofiq, qolaversa kasallikning mutantlashish jarayoni tezlashayotgan bir paytda bu juda muhim, dedi mutaxassis «Stopkoronavirus.rf» portaliga.
Avvalroq, AQSh mutaxassislari homiladorlik paytida ayollar koronavirus yoki og‘ir kasallikdan o‘lish xavfi ko‘proq degan xulosaga kelishgan. Biroq, umumiy xavf kichik, ya’ni umumiy tahdid pastligicha qolmoqda, chunki ular yosh va sog‘lom bo‘lishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter