Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Honda va Nissan bitta kompaniyaga aylanadi

Honda va Nissan bitta kompaniyaga aylanadi

Foto: Sky News

Yaponiyaning kattaligi bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinda turuvchi avtokonsernlari — Honda va Nissan birlashishi mumkin.

«Honda va Nissan 2026-yilda birlashish bo‘yicha muzokaralarga kirishgan», — korporatsiyalar rahbarlarining qo‘shma matbuot anjumanidagi bayonotidan iqtibos keltirdi agentlik. Ularga Nissan bosh aksiyadori hisoblangan Mitsubishi Motors ham qo‘shilishi mumkin. Yanvar oxirida bu borada bir qarorga kelinadi, dedi kompaniya rahbari.

«Xitoy avtosanoatining o‘sishi va yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi avtomobilsozlik sohasini o‘zgartirib yubordi», — dedi Honda Motors bosh direktori Toshixiro Mibe.

Honda va Nissan birlashsa, dunyoda Toyota va Volkswagendan so‘ng uchinchi yirik avtomobilsozga aylanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring