Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ho‘rmuz sabab ulkan inqiroz vujudga keladi, agar...

Ho‘rmuz sabab ulkan inqiroz vujudga keladi, agar...

Foto: Getty Images

Ho‘rmuz bo‘g‘ozini 2026-yil avgustigacha yopiq bo‘lishi iqtisodiy inqiroz xavfini oshiradi. Bloomberg mustaqil tahlil firmasi Rapidan Energy Group ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, bu ko‘lami jihatidan 2008-yildagi Buyuk Retsessiyaga o‘xshash bo‘ladi. 

«Hozirgi makroiqtisodiy muhit 1970-yillar yoki 2007-2008-yillarga qaraganda unchalik ekstremal emas. Biroq, bu nisbatan kuchli boshlang‘ich nuqta neft narxlarining doimiy ravishda ko‘tarilishi moliyaviy va makroiqtisodiy zaifliklarni kuchaytirishi xavfini qoplamaydi», deb ta’kidlaydi tahlilchilar. 

Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, agar bo‘g‘oz shu yilning iyul oyida ochilsa (asosiy ssenariy), bu neftga bo‘lgan talabni kuniga o‘rtacha 2,6 million barrelga kamaytiradi. Brent neftining spot narxi bir barrel uchun taxminan 130 dollarga yetadi. 

Rapidan Energy Group ma’lumotlariga ko‘ra, agar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi avgustgacha yopiq bo‘lib qolsa, shu yilning uchinchi choragida ta’minot tanqisligi 6 million barrelgacha qisqaradi. Biroq, dengiz yo‘lagi ochilgandan keyin ham bozorlar birdan izga tushmaydi. Tahlilchilarning fikricha, sentyabr oyida neft zaxiralari kamayishda davom etadi. Shu bilan birga, Fors ko‘rfazi mamlakatlarida ishlab chiqarish asta-sekin tiklanadi. 

20-may kuni Bloomberg manbalarga tayanib, NATO o‘z harbiy kemalarining Ho‘rmuz bo‘g‘ozida tijorat kemalarini kuzatib borish dasturida ishtirok etish imkoniyatini muhokama qilayotganini xabar qildi. Agar dengiz yo‘lagi iyul oyining boshiga qadar ochilmasa, qaror qabul qilinishi mumkin. Eron tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hujumlar tufayli kuzatib borish zarur. Bundan tashqari, Eron Tashqi ishlar vazirligi Ho‘rmuz bo‘g‘ozida minalar borligini tan oldi va «do‘st mamlakatlar va boshqa davlatlar» kemalaridan yo‘lak orqali o‘tishni Eron qurolli kuchlari bilan muvofiqlashtirishni so‘radi.

Eron fevral oyi oxirida AQSh va Isroil harbiy operatsiyasi boshlanganidan keyin Ho‘rmuz bo‘g‘ozini minalashtirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring