Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Huawei» avtobozorga kirmoqchi

«Huawei» avtobozorga kirmoqchi

Huawei AITO M7.

Foto: autohome.com.cn

Xitoylik taniqli avtobloger Vu Pey «Huawei» kompaniyasining ijrochi direktorlaridan biri, «Smart Car solutions» bosh direktori Yu Chendundan intervyu oldi.

Foto: gizmochina.com

«Huawei» kompaniyasining maqsadi — avtomobillar bozoriga to‘liq ixtisoslashgan birinchi smartfon brendiga aylanish, dedi Yu Chendun.

AQSh sanksiyalari kompaniyaning mobil ishlanmalar yo‘nalishiga ta’sirini o‘tkazmay qolmadi, shu bois biznes-jarayonlarga yangilanishlar kerak bo‘lyapti. Ana shu yangi va asosiy yo‘nalishlardan biri avtomobillar. «Huawei» haydovchisiz boshqarish va shunga o‘xshash o‘zi ishlab chiqqan texnologiyalarga patentlarni rasmiylashtirib qo‘ydi.

Yaqinda «Huawei» kompaniyasining yangi brendi tomonidan ishlab chiqilgan AITO M7 krossoverining fotolari paydo bo‘ldi.

Yangi Huawei AITO M7 — brendning flagman krossoveri sifatida ko‘rilmoqda. Audi Q7 va Hyundai Palisade modellari bilan bo‘ylashadi.

Huawei AITO M7:

  • Uzunligi — 5020 mm
  • Kengligi — 1945 mm
  • Balandligi — 1775 mm
  • G‘ildirak bazasi — 2820 mm
Huawei AITO M7.
Foto: autohome.com.cn

Ushbu krossover — gibrid mashina, asosiy kuchni elektr motor (272 kuchli)dan oladi. G‘ildirakni aynan u aylantiradi, 1,5 litrli turboto‘rtlik (125 kuchli) generator vazifasini bajaradi va elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Xuddi shunday texnologiya Nissan Qashqai gibrid mashinalarida ham qo‘llanilmoqda.

Hademay yo‘llarda Huawei mashinalarini uchratsangiz, ajablanmang. Kompaniya yangi yo‘nalishda qanchalik uzoqqa boradi — ko‘ramiz, har holda bu yo‘llarning ham o‘z «bo‘rilari» bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring