Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Huawei IP & Ocean Club 2025 — hamkorlik ekotizimini rivojlantirish va AKT sohasida kadrlar salohiyatini birgalikda rivojlantirish

Huawei IP & Ocean Club 2025 — hamkorlik ekotizimini rivojlantirish va AKT sohasida kadrlar salohiyatini birgalikda rivojlantirish

Huawei kompaniyasi Toshkent shahrida «IP & Ocean Club 2025» tadbirini o‘tkazdi. Tadbir AKT sohasi mutaxassislarini, hamkorlar va yirik mijozlarni tarmoq infratuzilmasi, ma’lumotlarni saqlash texnologiyalari hamda AKT sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish borasidagi ilg‘or yechimlarni muhokama qilish uchun bir joyga jamladi.

Har yili o‘tkaziladigan mazkur tadbir iliq va professional muhitda o‘tdi va davlat hamda xususiy sektor vakillaridan iborat 50 dan ortiq ishtirokchilarni qamrab oldi. Diqqat markazida yangi avlod aqlli kampus tarmoqlari, yuqori unumdorlikka ega Huawei OceanStor Dorado ma’lumot saqlash tizimlari, samarali muloqotni tashkil qilish uchun IdeaHub yechimlari amaliy namoyishi bilan, shuningdek, O‘zbekistondagi hamkorlardan raqamli transformatsiya bo‘yicha muvaffaqiyatli holatlari bo‘ldi.

Tadbirda Huawei kompaniyasining ketma-ket uch yil davomida Gartner® Magic Quadrant™ 2025 reytingida korporativ ma’lumot uzatish tarmoqlari bo‘yicha yetakchi sifatida tan olingani alohida ta’kidlandi. Sun’iy intellekt davrida Huawei kampus tarmoqlariga SI texnologiyalarini faol joriy etmoqda va integratsiyalamoqda, bu esa simsiz aloqa sifati, ilovalar, xavfsizlik, ekspluatatsiya va xizmat ko‘rsatishni (O&M) yaxshilashga xizmat qiladi. Natijada tajribaga yo‘naltirilgan, 10 Gbit/s tezlikdagi simli va simsiz tarmoqlar yangi foydalanish holatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilmoqda.

«IP & Ocean Club 2025» tadbirida hamkorlik ekotizimini rivojlantirish va AKT sohasidagi iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi vitse-direktori Bek Xe (Xe Chjiyuan) o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi: «Raqamli iqtisodiyot rivojlanar ekan, O‘zbekistonda ishonchli va kengaytiriladigan AKT infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Huawei mahalliy hamkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, ma’lumotlar saqlash va tarmoqlar uchun aqlli yechimlarni taklif etadi, bu esa mamlakatda raqamli transformatsiyani yanada samarali amalga oshirish imkonini beradi.»

O‘z nutqi davomida Bek Xe «100-person ICT Excellence Program» nomli dasturga start berdi. Ushbu tashabbus doirasida bir yil davomida O‘zbekistondagi hamkorlar va mijozlar safidan tanlangan 100 nafar iqtidorli mutaxassisning bilim va ko‘nikmalari oshiriladi. Bu loyiha «Huawei ICT Academy», «Seeds for the Future», «Annual Internship Program» kabi ta’lim tashabbuslari, shuningdek, «Raqamli O‘zbekiston 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha kompaniya tomonidan ko‘rilayotgan choralar doirasiga kiradi.

Tadbirda Huawei hamkorlik dasturlarida ishtirok etgan va o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashganlardan biri — «MAX VOLUME GENERAL TRADING LLC» kompaniyasining IT direktori Arsen Kurtseitov bo‘ldi. U Huawei tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida quyidagilarni aytdi: «Huawei kompaniyasining o‘quv tizimi texnologik bilimlarni oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi — kurslar bazasi, mutaxassislar tomonidan o‘qitiladigan ma’ruzalar, Xitoydagi bosh ofisga tashriflar. Kompaniya, shuningdek, shaxsiy o‘sish va tajribani baholash orqali savdo salohiyatining rivojlanishini ham qo‘llab quvvatlaydi.»

Tadbirda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqalaridagi Huawei mutaxassislari ham nutq so‘zlashdi. Ma’lumotlarni saqlash yechimlari bo‘yicha mutaxassis Ruslan Golovkin «Yangi avlod OceanStor Dorado: Flash-texnologiyalarga asoslangan ma’lumot saqlash yechimlari uyg‘unligi» mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Tarmoq yechimlari bo‘yicha ekspert Ilya Djerya esa yirik korxonalar va kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun mo‘ljallangan Wi-Fi 7 kampus tarmoq mahsulotlarini tanishtirdi.

«IP & Ocean Club 2025» sahnasida, shuningdek, Huawei kompaniyasida shu yilning aprel oyidan boshlab amaliyot o‘tayotgan yosh iqtidorlar ham so‘zga chiqdilar. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchisi Doston Shavkatov va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi Abdurashid Sadullayev «IdeaHub» yechimi orqali aqlli funksiyalarni amaliy ko‘rsatma orqali namoyish etdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Huawei kompaniyasining ko‘rgazma zaliga tashrif buyurib, yirik korporativ sektor uchun taklif etilayotgan asosiy mahsulotlar va yechimlar bilan yaqindan tanishdilar.

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 25 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelmoqda. U innovatsion texnologiyalar bo‘yicha bilimlarni oshirish hamda mahalliy hamkorlik ekotizimini rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. Kompaniya doimiy ravishda o‘zining yirik forum va sammitlarini tashkil etib keladi hamda muhim mahalliy tadbirlarda faol ishtirok etadi. Masalan, joriy yilning aprel oyida Digital Week 2025 doirasida 500 dan ortiq AKT sohasi mutaxassislari ishtirok etgan bo‘lsa, may oyida esa Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi 1500 dan ortiq texnologiya ekspertlari, hamkorlar va soha yetakchilari Huawei Tech Carnival & Partner Summit 2025 tadbirida Toshkentda yig‘ildi. Shu yilning sentyabr oyida Huawei kompaniyasi an’anaviy tarzda O‘zbekistonning eng yirik AKT tadbiri — ICTWEEK UZBEKISTAN 2025da «Gold Partner» sifatida ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring