Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Huawei» kompaniyasi Yevropa mamlakatini 5G-tarmoq bilan to‘liq qopladi

«Huawei» kompaniyasi Yevropa mamlakatini 5G-tarmoq bilan to‘liq qopladi

Foto: «France 24»

Xitoy texnologiya giganti — «Huawei» kompaniyasi Fransiya janubidagi mitti davlat — Monakoni beshinchi avlod mobil aloqa (5G) tarmog‘i bilan to‘liq qopladi.

«5Gning jahon premerasi: «Monaco Telecom» — 5G bilan butun mamlakatni qoplagan ilk operator! Internet tezligi — 1,4 Gbit/soniyagacha», — «Monaco Telecom» egasi Ksaver Nil o‘ziga xos bu voqeani «Twitter»dagi ana shu xabar bilan nishonladi.

«Huawei» kompaniyasi vitse-prezidenti Go Pinning ta’kidlashicha, garchi Monako hududi juda kichik (202 gektar) bo‘lgani bilan, bu nishonlashga arziydigulik muhim voqea. Monakodagi tajribasi asosida kompaniya boshqa mamlakatlar uchun ham ana shu texnologiyani joriy etish modellarini ishlab chiqadi.

Ta’kidlash o‘rinliki, «Huawei» beshinchi avlod tarmog‘ini rivojlantirishda juda faollashib ketgani AQShga yoqmayapti va aftidan, Xitoy kompaniyasi kirib borgan joyda amerikaliklar ishsiz qolishi haqiqatga o‘xshab turibdi. Ayrim ekspertlar «Huawei»ning AQSh tomonidan qattiq siquvga olinishida boshqa sabablar qatori 5G ham rol o‘ynagan, degan fikrni ilgari surishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring