Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Huawei o‘z flagmanining arzon talqinini chiqardi

Huawei o‘z flagmanining arzon talqinini chiqardi

Foto: «Huawei»

Huawei kompaniyasi o‘rta budjet smartfonini taqdim etdi — Huawei P50E.

Dizayni — Huawei P50 flagmanining shundoqqina nusxasi, narxi arzonroq, biroq protsessori ham oddiyroq — Snapdragon 778G.

6,5 dyuymli OLED-displeyi FullHD+ imkoniyatiga ega, chastotasi — 90 Gs. Smartfonning asosiy kamerasi uchlik (50, 13 va 12 Mp), frontal kamerasi yagona — 13 Mp.

Huawei P50Ening asosiy talqini 8 GB/128 GB operativ va ichki xotirali bo‘lib, narxi — 634 dollar. 8/256 talqini ham bor — qimmatroq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring