Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat maktablar atrofida shakarli gazlangan va energetik ichimliklar sotilishini cheklamoqchi

Hukumat maktablar atrofida shakarli gazlangan va energetik ichimliklar sotilishini cheklamoqchi

Hukumat maktablar atrofida shakarli gazlangan va energetik ichimliklar sotilishini cheklamoqchi. Shuningdek, tez tayyorlanadigan taomlar savdosini ham.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasiga ko‘ra, muzkur tartibni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil 1-sentyabrga qadar ishlab chiqiladi.

Qayd etilishicha, bu borada mas’ul vazirliklar va tashkilotlar tomonidan muntazam reydlar o‘tkazish ham mazkur hujat loyihasida o‘z aksini topishi kerak.

Hujjat loyihasi kelgusida amaliyotga tatbiq qilinsa, maktablar va ularning atrofida shakarli, gazlangan va energetik ichimliklar, shuningdek tez tayyorlangan taomlar savdosi 500 metr atrofidan kam bo‘lmagan hududlarda savdo taqiqlanadi.

Bu bilan esa o‘smirlar salomatligi mustahkamlangan, shuningdek, ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar oldi olinadi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring