Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat qarori qabul qilindi: benzin, gaz va elektr narxi oshdi

Hukumat qarori qabul qilindi: benzin, gaz va elektr narxi oshdi

Foto: «Xabar.uz»

Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich  o‘zgartirish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq 2018-yil 16-noyabrdan iste’mol solig‘ini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilg‘isi chakana narxlari:

  • Ai-80 avtobenzinga – 4 000 so‘m/litr;
  • Ai-91 avtobenzinga – 4 500 so‘m/litr;
  • dizel yoqilg‘isiga – 4 800 so‘m/litr;
  • EKO dizel yoqilg‘isiga – 4 900 so‘m/litr etib  belgilandi.

2019-yilning 1-yanvaridan boshlab Toshkent shahrining Yunusobod tumanida eksperiment tariqasida quyidagilar joriy etiladi:

  • aholi iste’moli uchun elektr energiyasi bazaviy normasi oyiga bir abonentga 300 kVt.soat;
  • aholi iste’moli uchun tabiiy gazning bazaviy normasi:
  • isitish mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylar va kvartiralarda yashaydigan bir abonentga oyiga 1000 kub.m;
  • boshqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub.m.

Bunda aholi bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni amalga oshirganda:

  • bazaviy norma  doirasida – belgilangan tarif bo‘yicha;
  • bazaviy normadan ortgan qismi uchun – belgilangan tarifga 1,2 baravar oshirilgan koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring