Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat vakolatlari kengaytiriladi

Hukumat vakolatlari kengaytiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi 9 ta bob, 55 ta moddadan iborat. Mazkur qonun loyihasida bir qator yangiliklar nazarda tutilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining maqomi, shakllantirish tartibi, asosiy vakolatlari to‘g‘risidagi bir qator moddalarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilyapti.

Shu bilan birga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqomi, ularni tashkil etish va tugatishning aniq, yagona tartibi belgilanmoqda.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan kelib chiqib, Hukumatning iqtisodiyot, budjet, moliya, soliq, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi vakolatlari kengaytirilmoqda.

Qonun loyihasi ayni vaqtda mas’ul qo‘mita tomonidan siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishlari kun tartibiga muhokamadan o‘tkazish uchun kiritishga tayyorlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring