Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Humo Arena» ochilishida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi

«Humo Arena» ochilishida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi

Foto: «podrobno.uz»

15-mart kuni «Humo Arena» muz saroyi ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi. Bu haqda muz saroyi ma’muriyati ma’lum qildi, deb xabar berdi «Sputnik».

Taklif qilingan mehmonlar orasida, shuningdek, hukumat va parlament vakillari, viloyat hokimlari, jamoatchilik tashkilotlari, madaniyat va fan arboblari, O‘zbekistonning yetakchi sportchilari, diplomatik korpus vakillari hamda mehribonlik uylari bolalari bo‘ladi.

Ochilish marosimining asisiy g‘oyasi – qishki sport turlari hamda muz saroyi arxitekturasining uyg‘unligi mavzusi bo‘ladi. Asosiy arenada yozgi va qishgi sport turlari sportchilari o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.

Tantanali ochilish marosimini lazer shou hamda 3D animatsiya, «Щyelkunchik» spektakli va musiqali shou dastur davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Xumo Arena 7 qavatdan iborat bo‘lib, uning umumiy maydoni 82 ming metr kvadrat. Majmua 12 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Shuningdek u yerda 1600 o‘rinli avtoturargoh bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring