Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Husanov «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin

Husanov «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin

«Manchester Siti» O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovni yozda ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Klub rahbariyati bu transferga kelajak loyihasi deb qaraydi. Biroq Husanov yuqori saviyada barqaror o‘yin ko‘rsata olmayotgandek. O‘zbekistonlik himoyachiga Premer-liganing bir qancha klublari va boshqa Yevropa jamoalari qiziqish bildirmoqda. Uning jismoniy imkoniyatlari va texnik mahorati ko‘plab murabbiylarning e’tiborini tortgan.

Mutaxassislarning fikricha, Husanovning «Manchester Siti»ni vaqtincha tark etishi uning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va kelajakda yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishi uchun zamin yaratishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring