Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Husiylar yana Saudiya Arabistonidagi aeroportga hujum qildi

Husiylar yana Saudiya Arabistonidagi aeroportga hujum qildi

Saudiya Arabistonining janubi-g‘arbidagi Abxa aeroportiga amalga oshirilgan hujumda sakkiz kishi yaralandi va ulardan biri vafot etdi. Bu xaqda «Al-Arabiya» telekanali xabar tarqatdi.

Vafot etgan kishi aslida suriyalik ekani ma’lum qilindi. Aytilishicha, aeroportga hujum Yamandagi husiylar tomonidan dronlar yordamida amalga oshirilgan.

Husiylarning Abxa aeroportiga 12 iyunda amalga oshirgan hujumida 26 kishi, jumladan, ayollar va bolalar yaralangan edi.

Eslatib o‘tamiz, husiylar Yaman hukumatiga qarshi isyon ko‘targan bo‘lib, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalitsiya mazku mamlakat hukumatini qo‘llab kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring