Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olti hududda IIB boshliqlari almashtirildi

Olti hududda IIB boshliqlari almashtirildi

Foto:«Xabar.uz»

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Podpolkovnik Muratov Mansur Jumabayevich IIV Beruniy tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar M.Muratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Adilbekov Niyetbay Umirbekovich Kegeyli tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar N.Adilbekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Tangriyev Jamshid Olimovich Buxoro viloyati IIB Olot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Tayinlovga qadar J.Tangriyev Buxoro viloyati IIB Qorako‘l tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Ismoilov Azamat Kurbanovich IIB Shofirkon tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Ismoilov Buxoro viloyati IIB Buxoro shahar IIO FMB bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Ro‘zimurodov Obidjon Asatullayevich Navoiy viloyati IIB Xatirchi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Tayinlovga qadar O.Ro‘zimurodov Navoiy viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimda faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Rajapov Anvar Ro‘ziyevich Konimex tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Tayinlovga qadar A.Rajapov Navoiy viloyati IIB Xatirchi tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring